background
logotype
image1 image2 image3

Bola tug‘ilganidan so‘ng necha kundan keyin uning qulog‘iga azon va iqomat aytiladi?

Savol: Bola tug‘ilganidan so‘ng necha kundan keyin uning qulog‘iga azon va iqomat aytiladi? Shu aytilgan azon va takbir janoza namozining azon va takbiri degan gaplar bor. Shu rostmi? 

Javob: Bola tug‘ilganidan necha kun keyin azon va iqomat aytish zarurligi kitoblarda aniq belgilanmagan. Ammo shu xususda kelgan hadis va rivoyatlarga qaraganda qancha barvaqt aytilsa, shuncha afzal ekanligi ma'lum bo‘ladi.  Ammo odamlar og‘zida yurgan janozaning azon va takbiridan badal, degan gaplarning asli yo‘q, puch gaplardir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.