background
logotype
image1 image2 image3

Alloh taoloni «haqiqiy tanish» qanday bo'ladi?

Savol: Alloh taoloni «haqiqiy tanish»ni sharhlab berishingizni iltimos qilaman.

Javob: Alloh taoloning sherigi yo‘q. U barcha aybu nuqsondan pok va ushbu komil sifatlarga ega zotdir:

1. Hayot - Alloh taolo azalu abad tirikdir. Tirikligi biz kabi emas.

2. Qudrat - Alloh taolo xohlagan narsasiga qodirdir.

3. Ilm - Alloh taolo har bir narsani bilguchidir, Hech narsa uning ilmidan tashqarida emas.

4. Sam' - Alloh taolo eshitguchidir, eshitishi maxluqlar kabi quloq bilan emas.

5. Basar - Alloh taolo barcha narsani ko‘rguvchidir. Ko‘rishi bizning tasavvurimizdagi ko‘z bilan emas.

6. Kalom - Alloh taolo so‘zlaguvchidir. So‘zlashi insonlarning so‘zlashiga o‘xshamas.

7. Iroda - Alloh taolo xohlagani bo‘ladi. Nimaning bo‘lishini xohlasa, bo‘ladi. Nimaning bo‘lmasligini xohlasa, bo‘lmaydi.

8. Takvin - Alloh taolo yo‘qdan bor qilguvchidir.

Shunday e'tiqodda bo‘lish Alloh taoloni haqiqiy tanishdir («Aqoidi Nasafiya» kitobi asosida tayyorlandi).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.