background
logotype
image1 image2 image3

Zulukdan foydalanishda biror hadis sobit bo‘lganmi?

Savol: Bizga bir kishi zuluk qo‘yib kasalni davolash yoki kasallikni oldini olish haqida gapirib qoldi. Zuluk haqida shunchalik tushuntirganidan biz bu zuluk hamma dardga davo deb o‘ylab ham qoldik. Hatto Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham zuluk haqida ta’kidlagani haqida aytib qoldi. Shu to‘g‘rimi, zulukdan foydalanishda biror hadis sobit bo‘lganmi?

Javob: Zuluk qo‘yib kasalni davolash haqida hadis topa olmadik. Lekin hijoma (qon oldirish) haqida bir qancha hadislar vorid bo‘lgan. Zulukning foydalari haqida esa tibbiyot mutaxassislari ko‘plab ma’lumotlarni keltirishgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.