background
logotype
image1 image2 image3

Zulqarnayn kim bo‘lgan?

SavolKo‘plab kitob va darsliklarda Zulqarnayn bu makedoniyalik Aleksandrning o‘zideb yozishadiShu to‘g‘rimi?

JavobYo‘q, ular boshqa-boshqa odam. Lug‘atda Zulqarnayn «ikki shoxli», degan ma'noni bildiradi. Qur'oni karimning Kahf surasida zikri kelgan mo‘min bandaning nomi Zulqarnayndir. Ba'zi tadqiqotchilar chalkashtirganiday, makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning bunga aloqasi yo‘q, chunki u mo‘min bo‘lmagan. Qur'onda qissasi kelgan va qadimda yashab o‘tgan buyuk shoh Zulqarnaynga Alloh taolo yerda saltanat bergan va barcha narsaga yo‘l-imkoniyat ato etgan. U safari davomida uchratgan bir qavmga yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurgan Ya'juj va Ma'juj qavmidan himoyalanish uchun bir devor-to‘siq qurib bergan.

Ibn Jarir Tabariyning «Jome' ul-bayon» tafsirida keltirilishicha, Zulqarnayn Misr ahlidan chiqqan bo‘lib, uning ismi Marzubo ibn Marduba al-Yunoniy - Yunon ibn Yofas ibn Nuh avlodidan edi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.