background
logotype
image1 image2 image3

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zurriyodlari

SavolPayg‘ambarimiz alayhissalomning bir necha farzandlari bo‘lgan ekanUlarning taqdirihaqida to‘laroma'lumot olishni istar edik.

JavobJanob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jami yetti farzand - uch o‘g‘il, to‘rt qiz ko‘rganlar. Ularning ismlari quyidagicha: Qosim, Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum, Fotimai Zahro, Abdulloh, Ibrohim. Ularning olti nafari Xadicha onamizdan, yettinchisi Ibrohim esa misrlik hazrat Moriyadan tug‘ilgan. Ba'zi tarixchilar (Ibn Ishoq) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Tohir va Toyyib ismli yana ikki o‘g‘illari bo‘lganini ham aytishgan.

Bosh farzandlari Qosim ikki yil yashab, Makkada vafot etgan, Rasululloh (shuning uchun) Abul Qosim, deb kunyalanganlar.

Katta qizlari Zaynab Abul Osga turmushga chiqqan, hijriy 8 yili 35 yoshda Madinada vafot etgan.

Ikkinchi qizlari Ruqayya Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ttiz uch yoshdaliklarida tug‘ilgan, dastlab Abu Lahabning o‘g‘li Utbaga turmushga chiqqan, keyin undan ajralib hazrat Usmon ibn Affonga nikohlanganlar. Badr g‘azoti kunlari xastalanib vafot etganlar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning janozasida qatnasha olmaganlar.

Uchinchi qizlari Ummu Kulsum ham Abu Lahabning yana bir o‘g‘li Utaybaning nikohida edi, ammo qovushmay ajralishgan. Opasi Ruqayyaning vafotidan bir yil keyin hijriy 3 yili hazrat Usmonga turmushga chiqqan. Hijriy 9 yili vafot etgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng kichik va suyukli qizlari Fotimai Zahro ilk ilohiy vahiy kelgan yili Makkada tug‘ilgan. Hijriy 2 yili hazrat Aliga turmushga chiqqan. Imom Hasan va Husaynlarning volidasi. Hijriy 11 yili otalaridan olti oy keyin vafot etgan.

O'g‘illari Abdulloh hazrat Xadicha bilan turmushlarining o‘n birinchi yili tug‘ilgan va uch oygina yashagan. Abdullohning Tohir va Toyyib degan ismlari ham bo‘lgan, deyishadi. Ibn Ishoq yuqoridagi fikrni aytadi.

Eng kenja farzandlari Ibrohim hazrat Moriya bilan turmushlaridan hijriy 8 yili tug‘ilgan va 17-18 oyligida vafot etgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.