background
logotype
image1 image2 image3

Nuh payg‘ambar kemasi qayerda?

SavolPayg‘ambar Nualayhissalomning kemalari qaerdaligi haqida turli manbalarda turlichajavob berilganShulardan qay biri haqiqatga yaqin?

JavobNuh alayhissalom o‘z qavmlarini butlarga emas, yolg‘iz Alloh taologa sig‘inishga chaqirdilar. Ammo itoatsiz qavm payg‘ambarning so‘zlariga quloq solmadi, aksincha, u zotni masxaraladi. Shunda Alloh taolo to‘fon balosini yuborib, bu kofir qavmning hammasini suvga cho‘ktirdi. Nuhga vahiy qilindi: «Bizning vahiy ta'limimiz bilan bir kema yasagin hamda zolim kimsalar haqida ularga najot berishimni so‘rab Menga xitob-iltijo qilmagin. Ular shak-shubhasiz g‘arq qilinguvchidirlar» (Hud surasi, 37-oyat). To‘fon balosidan Nuh alayhissalom kemalaridagi sanoqli kishilar va jonivorlargina qutqarilishdi.

Allohning hukmi bajarilib, yer yuzi nopoklardan tozalandi. Nuh alayhissalom kemalari bir yuz ellik kun mobaynida suvda suzib Arabiston yarim orolidagi Judiy tog‘ining ustida to‘xtadi. «(So‘ngra): «Ey Yer, suvingni yutgil, ey samo, o‘zingni tutgil (ya'ni, yog‘ishni bas qil)», deyildi. Suv quridi, farmon bajarildi va (kema) Judiy tog‘i uzra to‘xtadi hamda «Zolim qavmga halokat bo‘lgay», deyildi» (Hud surasi, 44-oyat).

Islom tarixchilari ushbu to‘fon balosi Bobil yerlarida (hozirgi Iroq hududida) ro‘y berganini, Dajla va Furot daryolari toshib, hamma yoq suvga g‘arq bo‘lganini yozishadi. Qur'oni karimda zikr etilganiday, Nuh alayhissalomning kemalari o‘sha yerdagi eng baland tog‘ Judiy ustida to‘xtagan. Arab tilida «Al-Judiy» eng baland cho‘qqi, yuksaklik, degan ma'nolarni bildiradi.

Turli manbalardagi bu mavzuga oid bir-biriga zid fikrlar va afsonalar Nuh alayhissalom kemalari boshqa joylardagi tog‘lar ustida to‘xtagan, degan asossiz gaplar tarqalishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Tavrotda «Kema yettinchi oy o‘n yettinchi kunda Ararat tog‘larida to‘xtadi», deyilgan bo‘lsa, vavilonliklarning qissalarida u Nissir tog‘iga o‘rnashdi, deb yozilgan. Shumerlar Nuh alayhissalom kemalarini Gordion tog‘lariga, assiriyaliklar Nizar tog‘iga, hindlar Ximavatga, yunonlar esa Parnas tog‘iga «yo‘llashgan». Haqiqatga to‘g‘ri bo‘lgan xabar esa Qur'oni karimda bayon etilgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.