background
logotype
image1 image2 image3

Muso (a.s.) zamonlarida g‘arq bo‘lgan Fir'avnning ismi nima bo‘lgan?

Savol: Muso (a.s.) zamonlarida g‘arq bo‘lgan Fir'avnning ismi nima bo‘lgan?

Javob: Qadimgi Misr lug‘atidagi Fir'avn so‘zining ma'nosi «Buyuk uy» bo‘lgan. Avvalda bu so‘z qadimiy Misr davlati zamonidan beri podshoh qasriga na't va sifat o‘laroq ishlatilgan. Keyinchalik miloddan oldingi ming yillikdan boshlab, u Misr podshohlarining nomiga aylangan.

«Kisro» so‘zi qadimgi hamma fors podshohlarining, «Qaysar» so‘zi esa rum qirollarining va «Najoshiy» bo‘lsa, hamma habash podshohlarining nomi bo‘lganidek, «Fir'avn» ismi qadimiy Misrning barcha podshohlariga nisbatan ishlatilgan.

Muso (a.s.) zamonlarida Qizil dengizga g‘arq bo‘lgan Fir'avnning ismi ahli kitob nazdida Qobus bo‘lgan. Uning to‘liq oti Valid ibn Mus'ab ibn Rayyon edi.

Lekin aksar muarrixlarning fikriga ko‘ra, Muso Fir'avnining ismi Minfitoh bo‘lgan. U o‘n to‘qqizinchi oilaning to‘rtinchi Fir'avni bo‘lib, Ramzes ikkinchining farzandlaridan edi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.