background
logotype
image1 image2 image3

Masjid ul-Harom - eng katta masjidmi?

SavolMasjid ul-Harom yer yuzidagi eng katta masjid hisoblanar ekanAna shu tabarruk masjid haqida to‘laroma'lumot  bersangiz.

JavobSaudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan masjid Masjid ul-Harom, deb ataladi. Unda qon to‘kish va boshqa gunoh ishlar harom qilingani uchun shunday nom olgan. Baytulloh (Ka'ba), zamzam bulog‘i va Safo hamda Marva tepaliklari ham masjid hududidadir.

Masjid ul-Haromni ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Ka'batulloh atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib kengaytirganlar. Ka'baga sahn qoldirib, atrofidan devor oldirganlar. Shundan keyin ham u bir necha marta ta'mirlanib, kengaytirildi. Hozirgi kunda masjidning to‘qqizta mezonasi (minorasi), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor. Ikkinchi va uchinchi qavatlarga o‘n bir yurarzina yordamida chiqiladi. Masjidga sakkiz ming dona shamol parrak, 55 ming dona turli chiroqlar o‘rnatilgan. Masjidning umumiy maydoni 356 ming kv. metr bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 1 milyon 120 mingga yaqin namozxonni sig‘diradi.

Masjid o‘rtasidagi Ka'ba eshigi 280 kilo oltindan yasalgan. Uning ustiga yopilgan ka'bapo‘shning qiymati 17 milyon riyol turadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.