«Isroiliyot» nima degani?
Savol: Islomiy kitoblarning birida «Isroiliyot», degan so‘zni uchratib qoldim. U nima degani?
Javob: Yahudiylar va nasroniylardan o‘tib qolgan oldingi ummatlarning va nabiylarning qissalaridan so‘zlovchi rivoyatlar «Isroiliyot», deyiladi. Tavrot va Injilda vorid bo‘lgan xabarlar qisman Qur'oni karimda ham zikr etilgan. Masalan, Odam alayhissalom va uning Yerga tushishi qissasi, Muso (a.s.) bilan qavmiga tegishli naqllar, Iso (a.s.) va onalari Maryam haqidagi rivoyatlar va hokazolar shular jumlasidandir. Bularning hammasi Qur'oni karimda va'z va ibrat uchun muxtasar holda bayon etilgan. Keyinchalik musulmonlar ana shu muxtasar xabarlar tafsilotini avvalgi ummatlarning rivoyatlarida ko‘rishgan va ularni o‘rganishgan, iqtiboslar olishgan. Lekin bu ma'lumotlarlarning ishonchliligiga ko‘p ham e'tibor qilishmagan. Vaholanki, Alloh taolo ahli kitoblar o‘zlariga nozil qilingan Kalomni o‘zgartirib yuborganlarini Qur'onning bir necha o‘rinlarida ma'lum qilgan. Musulmonlar isroiliyotlarga yengillik va e'tiborsizlik bilan qaraganlari uchun ular tafsir kitoblarining ko‘piga kirib qolgan.
Isroiliyotlarning masdari asosan to‘rt kishi nomi bilan bog‘liq. Bular: sahobiy Abdulloh ibn Salom (r.a.), tobe'inlar - Ka'b ul-Axbor, Vahb ibn Munabbah hamda Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayjlardir.
Ulamolar isroiliyotlarni uch qismga ajratganlar:
1. Maqbul xabarlar. Ularning sahihligi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hadislari orqali bilingan. Masalan, avvalgi Kitoblarda zikr etilgan Xizr (a.s.) nomi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda ham kelgan.
2. Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma'lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun loyiq bir suratda hikoya qilish joiz. Lekin ularning sahihligiga iymon keltirmaymiz, yolg‘onga ham chiqarmaymiz.
3. Inkor etiladigan xabarlar. Ular dinimizga va sog‘lom aqlga xilofdir. Masalan, Isoning (a.s.) xochga mixlangani haqidagi rivoyatlar. Bu xabarlarni tasdiqlash, qabul etish, rivoyat qilish mumkin emas. Biron zarurat bilan naql etilganda unga izoh berish vojib. Ko‘pgina tafsirlar ana shu ishonchsiz xabarlar tufayli sahihlik darajasini yo‘qotgan.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.