background
logotype
image1 image2 image3

Eng mashhur dorilfunun

Savol«Al-Azhar»ni Islom olamida eng mo‘tabar bilim dargohideb eshitganmizUning tarixi qachon boshlangan?

Javob«Al-Azhar» - arabchada «nur taratuvchi», «oy», «oydin rangli», degan ma'nolarni anglatadi. Misrda joylashgan dunyodagi eng keksa va salohiyatli Islom dorilfununi, jome' masjidi va madrasalardan iborat majmua shu nom bilan ataladi. U fotimiylar sarkardasi Javhar Saqaliy tomonidan hijriy 358 (milodiy 969) yili Qohira bilan baravar qurila boshlangan. Avvalda bu yerda din asoslari, fiqh, arab tili o‘qitilgan. 1961 yildan dunyoviy yangi bo‘limlar - tibbiyot, handasa (muhandislik), ziroat (qishloq xo‘jaligi) va tijoratchilik ham qo‘shildi. Al-Azharning barcha shoxobchalarida ta'lim olayotganlar soni bir milyon kishiga yetadi. Olti mingdan ziyod ulamo va mudarris saboq beradi. Birgina 2001 yilda 85 000 kishi oliy ma'lumot (bakalavr) olgan, 40 000 xorijlik talaba tahsil olgan. Undan Muhammad G'azzoliy, Yusuf Qarzoviy, Imom Jodul-Haqq, Mutavalli Sha'roniy kabi mashhur olimlar yetishib chiqqan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.