background
logotype
image1 image2 image3

«Ahli sufa» kim?

Savol: «Ahli sufa» kim ekanini, ularning sanog‘i va darajalarini bilishni istardim.

Javob: «Sufa» Madinai munavvarada Payg‘ambar (s.a.v.) masjidlarining shimolidagi makon bo‘lib, uni boshpanasiz, faqir muhojirlar maskan tutganlar. Abu Hurayra, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Salmon (r.a.) va boshqalar shu kishilar jumlasidandir.

«Ahli sufa»ning adadi haqida ixtiloflar bor. Ular bu joyga kelib-ketib turishadigan bo‘lib, ba'zida ularning soni  bir vaqtning o‘zida yetmish kishiga yetgan. Tarixchilar ulardan olti yuztalarini sanab o‘tishgan. «Ahli sufa»lardan yetmish kishi «Bi'ri Mauna» g‘azotida shahid bo‘lganlar.

Ularning sharaf va darajalarini esa, Rasulullohning (s.a.v.) ularga ko‘rsatgan mehribonliklari, inoyat va e'tiborlaridan ham bilib olsak bo‘ladi.

Alloh taolo nozil qilgan quyidagi oyatlar «Ahli sufa» haqida ekanligi aytiladi:

«(U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar - kambag‘al muhojirlarnikidirki, ular Allohdan fazl-marhamat va rizolik istarlar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga yordam berurlar. Ana o‘shalar (iymonlarida) sodiq zotlardir.» (Hashr surasi, 8-oyat).

(Sadaqot-ehsonlar) Allohning yo‘lida to‘silgan (ya'ni o‘zlarini ushlagan), biror yerga safar qilishga qodir bo‘lmaydigan, qanoatlari sababli, bilmagan odamga boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadigan faqir-kambag‘allar uchundir. Ularning faqirliklarini siymolaridan bilib olasiz. Ular tilanib turib olmaydilar. Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni bilguvchidir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.