background
logotype
image1 image2 image3

Uxlab qolish tahoratni buzadimi?

SavolBa'zan masjidda namozni kutib o‘tirib ko‘zim ketib qoladiammo yiqilmaymanmunkimayman hamShu holatda yangidan tahorat olishim shartmi?

Javob: Biror narsaga suyanmay, chordona qurib yoki oyoqlarini bir yondan chiqargan holda tos bilan o‘tirib yoxud namozning qa'da holatida o‘tirib uxlagan kishi munkib ketsa va hattoki qulab tushsa ham (agar qulagan zahoti uyg‘onsa), tahorat sinmaydi. Shuningdek, namoz o‘qiyotganida qiyomda, ruku'da, sunnatga muvofiq qilingan sajdada yoki qa'dada uxlab qolgan kishining ham tahorati sinmaydi. Ammo sajdada uxlab qolgani tufayli sajda hisob bo‘lmaydi, uyg‘ongach, qayta sajda qilishi lozim bo‘ladi. Ruku' va qiyom agar ularda uxlasa ham, qayta qilinmaydi. Chalqancha yoki yonboshlab va biror narsaga suyanib uxlagan kishining tahorati sinadi («Muhit», «Fatovoi Olamgiriyya», «Halabi Kabir»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.