background
logotype
image1 image2 image3

Tahoratni nimalar sindiradi?

Savol: Qanday holatda kishining tahorati singan hisoblanadiKo‘z yoshi va qusutahoratnisindiradimi?

JavobKishining oldi va orqa yo‘llari orqali kelgan barcha narsalar tahoratni ketkazadi. Bunda u narsalar tashqariga chiqqan bo‘lishi shart emas, ko‘rinsa, hisob.

Badandan qon va yiring chiqib, joyidan sal oqsa, tahorat singan bo‘ladi. Chiqqan joyida turib qolsa, ya'ni oqmasa, tahorati sinmaydi. Burundan kelgan qon sirtga chiqmasa ham, ichida ko‘rinishining o‘zi tahoratni sindiradi.

Qusuq ham og‘izni to‘ldirsa, tahoratni buzadi. Qusuqning gapirishga mone' miqdori og‘iz to‘lishi hisoblanadi. Ammo Imom Zufar: «Qusuqning ozi ham, ko‘pi ham tahoratni sindiradi», deydilar. Agar kishi bir yerda va bir sababdan oz-ozdan qussa va ularni to‘plaganda og‘iz to‘ladigan darajada bo‘lsa, tahorat buziladi. Ammo bir necha joyda va turli sabab bilan oz-ozdan qussa, tahorat buzilmaydi. Lekin shu holda ham qayta tahorat olinsa, ehtiyot nuqtai nazaridan yakun bo‘ladi.

Agar qusuqqa qon aralashgan bo‘lsa, uning ozginasi ham tahoratni sindiradi. Og‘izdan qusuqsiz kelgan qon og‘izning suvini qizartirsa, tahorat ketadi, sarg‘aytirsa, tahorat sinmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.