background
logotype
image1 image2 image3

Tahorati bo‘lmagan kishilarning qanday amallarni qilishlari mumkin emas?

SavolTahorati bo‘lmagan kishilarning qanday amallarni qilishlari mumkin emas

Javob:Tahoratsiz kishi quyidagi amallarni qilishi mumkin emas:

1. Har qanday namoz (xoh nafl, xoh farz) o‘qishi;

2. Janoza namozini o‘qishi;

3.Tilovat sajdasi qilishi; 

4. Qur'oni karimni va bir oyat bo‘lsa ham, yozilgan narsani ushlashi durust emas. Ammo Qur'oni karim yoki oyat yozilgan narsa alohida ajraluvchi g‘ilofda bo‘lsa, ushlash mumkin.

Baytullohni tavof qilishi. Agar tavofi ziyoratni tahoratsiz qilsa, uni tahorat bilan qayta qilish mustahabdir. Agar tahorat bilan qayta qilmasa, bir qo‘y so‘yishi vojibdir. Ammo tavofi ziyoratni tahoratsiz qilgach, qaytadan tahorat bilan ado etsa, zimmasidan qo‘y so‘yish soqit bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.