background
logotype
image1 image2 image3

Quloqdan og‘rimasdan kelgan sariq suv tahoratga zarar yetkazmaydimi?

Savol: Quloqdan og‘rimasdan kelgan sarisuv tahoratga zarar yetkazmaydimi?

JavobZarar yetkazmaydi. Ammo og‘rib kelsa, u holda tahorat buziladi. Qaysi bir narsa tahoratni sindirsa, u najas (harom) hisoblanadi.

Binobarin, u tekkan joyni yuvish lozim bo‘ladi. Tahoratni buzmaydigan narsa esa tozadir.

Bosh tarafdan kelgan balg‘am tahoratni buzmaydi. Ichdan kelgan balg‘amni ham ko‘pchilik olimlar zararsiz, deyishgan. Lekin Imom Abu Yusuf: «Og‘iz to‘lib balg‘am kelsa, tahorat ketadi», deydilar.

Burunga va quloqqa quyilgan moy qaytib chiqsa, tahorat sinmaydi. Ichilgan suv qaytib chiqsa, tahorat ketadi. Hushidan ketish va jinni bo‘lish ham tahoratni sindiradi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.