background
logotype
image1 image2 image3

Mahsi kiyish va mash tortish odoblari qanday?

Savol: Mahsi kiyish va mash tortish odoblari qanday?

Javob: Mahsi kiyish va mash tortishning uchta sharti bor:

a) Tahoratli oyoqqa mahsi kiysa, unga mash tortish joiz. Payg‘ambarimiz alayhissalom Mug‘iyra ibn Sho‘'baga, (r.a.), u Nabiyning (s.a.v.) mahsilarini yechmoqchi bo‘lganida: «Ularni qo‘y, men ularni tahoratli oyoqqa kiyganman», deb aytganlar.

b) Faqat tahorat olishda mash joiz. Junub kishi mash tortishi mumkin emas.

v) Mash muddatiga rioya qilish. Muqim uchun bir kecha- kunduz. Musofir uchun uch kecha-kunduz. Savfon ibn Assal (r.a.) shunday deganlar: «Rasululloh (s.a.v.), safarda bo‘lsak, bizlarga mahsilarimizni uch kecha-kunduz yechmaslikni buyurar edilar». Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiy (s.a.v.), mash muddatini musofir uchun uch kecha-kunduz va muqim uchun bir kecha-kunduz qilib belgilaganlar. Ba'zi insonlar bu muddatni besh vaqt namoz uchun deb xato o‘ylashadi. Balki bu yigirma to‘rt soat muqim uchun, yetmish ikki soat musofir uchun. Bu muddat tahoratni sindirganidan so‘ng birinchi tortilgan mashdan boshlanadi va inson bu muddatda besh vaqtdan ko‘p namoz o‘qishi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.