background
logotype
image1 image2 image3

Ishlatilgan suvni ishlatsa bo‘ladimi?

Savol: Tahoratda ishlatilgan suvning hukmi haqida bildirsangizlar. Chunki yaqinda ba'zi odamlar o‘zlari ulug‘ sanagan shaxslarning, pirlarining tahorat suvlarini tabarruk sanab ichib yurishganini eshitib qoldim. Shu ishlari to‘g‘rimi?

Javob: Suvsiz hayot bo‘lmaganidek, poklik ham bo‘lmaydi. Shuning uchun dinimizda suv bilan bog‘liq masalalar batafsil bayon etilgan.

Suv haqidagi masalalar ichida ishlatilgan (musta'mal) suv - g‘usl va tahorat qilishda a'zolarni yuvishga va ovqat yeyishdan oldin qo‘lni yuvishga ishlatilgan suv masalasi muhim o‘ringa ega.

Shamsuddin Saraxsiy "Mabsut" kitobida ishlatilgan suv haqida bunday yozadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Hech biringiz oqmaydigan suvga siymasin va junub bo‘lganida unga tushib cho‘milmasin", deganlar. Bu hadisda oqmaydigan suvni unga siyish harom qilganidek, junub bo‘lganda unda cho‘milish ham harom qilishi bayon etilgan. Hazrat Ali bilan Ibn Abbos roziyallohu anhum: "Musofir kishida faqat ichishga yetarli suv bo‘lganida tayammum bilan namoz o‘qiydi, suvni ichish uchun asraydi", deyishgan. Agar tahorat qilishda a'zolarni yuvishga ishlatilgan suv o‘zgarmaganida edi, "Uni tahoratga ishlatib, to‘plab, ichishga olib qo‘ysin", degan bo‘lishardi u zotlar. Suv qanchalik qadrli bo‘lmasin, ishlatilgan suvni safarda ham, uyda ham to‘kib tashlash musulmonlarning odatidir".

Mazhabimiz mujtahidlaridan Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv najasdir, chunki u bilan badandagi nopoklik tozalangan. Nopoklikni ketkazish uchun ishlatilgan suv nopok bo‘lib qoladi. Ishlatilgan suv kiyimning to‘rtdan biridan ko‘p qismiga tegsa, u bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi", deydilar. Imomi A'zam rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv kiyimning kaft kengligidan (ochiq kaftda suv turadigan joydan) ko‘p qismiga tegsa, u bilan namoz o‘qish mumkin emas", deganlar. Imom Muhammad rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv toza, ammo tozalamaydi, ya'ni uni qayta tahoratga ishlatib bo‘lmaydi. Zero, kishi a'zolari tozadir, biroq tahorat olmay namoz o‘qish, qo‘lni yuvmay taom yeyish mumkin emas. Ularga qo‘yilgan bu taqiqtahorat olganda yo qo‘lni yuvganda suvga o‘tadi va suvning sifati yuvilmagan a'zo sifati kabi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emasdir", deydilar.

Muhaqqiq ulamolar Imom Muhammad rahmatullohi alayhso‘zlarini ixtiyor qilishgan va unga fatvo berishgan. Demak, ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emas. Bu o‘rinda shuni ta'kidlash kerakki, ishlatilgan suv kiyimga tegsa, uni harom qilmaydi. Uni toza deyishdan murod shu. Biroq ishlatilgan suvni ichish yo taomga ishlatish mumkin emas. ("Raddul Muxtor")

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.