background
logotype
image1 image2 image3

Sotuvchi kam bersa, nima qilaman?

SavolSotuvchi menga molini sotayotganida kam qilibmasalanbesh kilo o‘rniga to‘rt yarimkilo qilib tortib bersaolib ketaverishim kerakmi yoki qaytarib beraymi?

JavobSiz aytayotgan holat ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Birinchisi - sotuvchi tortib berayotganida uning kam tortganini ko‘rib turish. Ikkinchisi - xarid qilib bo‘lgandan keyin uning kam tortilganini bilish. Birinchi holatda sotuvchiga «To‘g‘ri torting», deb tanbeh berish lozim bo‘ladi, chunki inson adashishi mumkin. Sotuvchi tanbehni qabul qilib, to‘g‘ri tortib bergach, pulini to‘lab molni olasiz. Agar bundan bosh tortsa, bozor keng, boshqa halol sotuvchidan xarid qilasiz.

Ikkinchi holatda esa istasangiz, so‘raganingizga yetmagan miqdorda (misolingizdagi yarim kiloga) to‘g‘ri keladigan qiymatni sotuvchidan talab qilib olasiz, zero bu sizning haqqingizdir. Istasangiz, molning hammasini berib, to‘lagan hamma pulingizni qaytarib olasiz.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.