background
logotype
image1 image2 image3

Savdoning odoblari qaysilar?

SavolSavdo-sotiq (bay')da ham ma'lum odoblar borligini eshitdimBular qaysilar?

JavobTojirlik - kasblarning eng yaxshisi hisoblanadi. Savdo-sotiqningham alohida odoblari bor. Ular quyidagilar:

1. Sidqi muomala. Ya'ni, molni navi, jinsi, masdari va xarajatlari haqida yolg‘on aralashtirmay, haqiqiy sifati bilan tavsiflash. Imom Termiziy Rufo'adan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar (s.a.v.) bunday deydilar: «Albatta tojirlarning Alloh saqlagan, go‘zal muomalali va rostgo‘ylaridan boshqalari fojirlardan bo‘lib qayta tiriladilar».

2.  Muomalada bag‘rikeng bo‘lish. Ya'ni, sotuvchi narxdan tushib, oluvchi oshiqroq to‘lab himmat qilish. Imom Buxoriy Jobirdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: «Sotganda, sotib olganda va qarzini talab qilganda xushmuomala bo‘lgan kishiga Allohning rahmati bo‘lsin».

3.  Garchi so‘zi rost bo‘lsa-da, qasam ichishdan tiyilish. Bay'da Alloh nomi bilan qasam ichishdan mutlaqo tiyilgan ma'qul. Alloh taolo: «Yaxshilik qilish, taqvodor bo‘lish va odamlar orasini isloh qilish (kabi amallardan to‘sadigan) qasamlaringiz uchun Allohni bahona qilmangiz» (Baqara surasi, 224-oyat), deydi. Imom Buxoriy va Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilishgan hadisda shunday deyiladi: «Qasam molni bozorgir qilsa-da, barakasini ketkazadi».

4.  Xayr-ehsonni ko‘paytirish. Savdogar savdosi asnosida voqe' bo‘lib turadigan kamchiliklariga kafforat bo‘lib turishi uchun sadaqa, xayr-ehsonni ko‘proq qilib turishi mustahabdir.

5.  Qarzni yozib qo‘yish va unga shohid qilish. Kelishuv va kechiktirilgan qarzning miqdorini yozib qo‘yish mustahabdir.

Bu odoblar musulmon kishi bilishi lozim bo‘lgan narsalardandir. Zero, hazrat Umar (r.a.): «Bizning bozorlarimizda dinda faqih bo‘lgan (xususan, tijoratning shar'iy ahkomlarini bilgan)largina savdo qilsin», deganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.