Keyingi paytlarda pulni foiz bilan qarzga berish (sudxo‘rlik) avj olyapti. Buning hukmi qanday?
Savol: Keyingi paytlarda pulni foiz bilan qarzga berish (sudxo‘rlik) avj olyapti. Buning shar'iy hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Sudxo‘rlik Qur'oni karim hukmi bilan qaytarilgan amallardan bo‘lib, u bilan shug‘ullanish ulkan gunohdir. Sudxo‘rlik (ribo) - bir kishi ikkinchi kishiga ishlatish uchun qarzga pul berib, uni oshig‘i, foizi bilan qaytarib olishidir. Masalan, ming so‘m pul berib, bir ming bir yuz qilib qaytarasan, deyish. Har qanday pul mehnat bilan topilishi kerak, shuning uchun ribo eng katta gunoh va Alloh ribo yemaslikni buyurgan. Qur'oni karimda ochiq-oydin: «Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish bilan sudxo‘rlik qilmangiz. Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyadki, najot topgaysiz!» deyilgan. Yana Qur'oni karimda bay' (oldi-sotdi)ni sudxo‘rlikning o‘zi, deb da'vo qilganlar Qiyomat kuni jin chalgan majnun kabi turishlari haqida ogohlantiriladi. Chunki Alloh bayni halol, sudxo‘rlikni harom qilgan.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ribo yeydigan va shuni yeyishga sabab bo‘lgan kishilarning hammasiga la'nat aytganlar. Imom Termiziyning rivoyatlarida esa sudxo‘rlikka guvoh bo‘lgan kishilarga, ya'ni «Falonchi pistonchidan shuncha qarz oldi, falon muddatga ustiga shuncha qilib qaytarishi lozim», deb hujjatlashtirib bergan kishiga ham la'nat aytiladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.