background
logotype
image1 image2 image3

Ro'za haqida savollar

SavolRo‘zasaharlikkafforat haqida bir necha savollarim bor edishularga javob beraolmaysizlarmi?..

JavobBajonidil.

1. Tong otib qoldi, deb shubhalanadigan vaqtga qadar saharlik qilish makruhdir.

2. Ramazon oyida saharlik qilish ro‘za niyati o‘rniga o‘tadi («Fatavoi Olamgiriyya»).

3. Quyosh botganidan so‘ng ertangi kun ro‘zasi uchun niyat qilish mumkin («Mabsuti Saraxsiy»).

4. Ramazon ro‘zasining niyatini kun yarim bo‘lay deguncha qilish mumkin, qazo va kafforat ro‘zalarining niyatini tong otguncha qilish lozim. Tong otgandan quyosh botguncha kun hisoblanadi.

5. Ro‘za tutganligi yodida bo‘lib, ammo qasd qilmay, bexosdan ichib qo‘ygan (masalan, tahoratda suv yutib qo‘ygan) kishi xato qilgan hisoblanadi. Xato qilib yoki majbur etilib ro‘zasini ochib qo‘ygan ro‘zadorga faqat qazo lozim bo‘ladi, kafforat bermaydi.

6. Ro‘zasini qasddan ochgan sog‘ kishi shu kuni quyosh botguncha ro‘za tutmaslikka uzr hisoblangan dardga chalinsa, undan kafforat soqit bo‘ladi («Fatovoi Qozixon»).

7. Ro‘zasini qasddan ochgan sog‘lom ayol shu kuni quyosh botguncha hayz ko‘rsa, undan kafforat soqit bo‘ladi («Mabsuti Saraxsiy»).

8. Ramazon ro‘zasini qasddan buzgan kishi kafforat uchun topolsa, qul ozod qiladi, topolmasa, ketma-ket ikki oy ro‘za tutadi, agar bunga kuchi yetmasa, oltmish nafar kambag‘alga fitr sadaqasi miqdorida taom yoki uning qiymatini beradi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.