background
logotype
image1 image2 image3

Qon quydirganda yoki sanchqi orqali ukol qilinganda ro‘za ochiladimi?

Savol: Qon quydirganda yoki sanchqi orqali ukol qilinganda ro‘za ochiladimi?

JavobHa. Kimki qon quydirsa, huqna (klizma) qildirsa, burniga dori quysa yoki qulog‘iga dori tomizsa, ukol olsa, ro‘zasi ochiladi. Bu Payg‘ambarning (s.a.v.) «Ro‘za ichkariga kirgan narsadan buziladi», degan so‘zlariga binoandir. Zero, unda ro‘zaning ochilishi ma'nosi bor. Ya'ni, badanga manfaati bor narsa qoringa yetib boradi. Ammo mazkur hollarda kafforat vojib emas. Chunki kafforat faqat yeganda, ichganda va jinsiy aloqa qilganda vojib bo‘ladi («Hidoya»)

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.