background
logotype
image1 image2 image3

Nafl ro'za tutgan edim, uzoq vaqt ko'rishmagan mehmonlarim kelib qolishdi. Ro'zamni buzishim mumkinmi?

Savol: Nafl ro'za tutgan edim, uzoq vaqt ko'rishmagan mehmonlarim kelib qolishdi. Ro'zamni buzishim mumkinmi?

Javob: Nafl ro'za tutgan kishi uni uzrsiz buzishi mumkin emas. Ammo uzr bo'lganda buzish mumkin. Mehmondorchilik - mehmonga ham, mezbonga ham ro'zani ochish uchun agar taom tanovul qilinmasa-da, ulardan biri ozorlanadigan bo'lsa, uzr hisoblanadi. Nafl ro'zani qanday sabab bilan bo'lishidan qat'iy nazar buzgan kishi albatta qazosini tutishi kerak. Biroq ikki hayit va tashriq kunlari nafl ro'za tutib bo'lmaganidan uni buzish vojib bo'ladi, ammo qazosini tutish lozim bo'lmaydi (chunki bu besh kunda ro'za tutish haromdir).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.