background
logotype
image1 image2 image3

Kimlar ramazon ro‘zasini tutmaslikka uzrli sanaladi va uzrlar qaysilar?

SavolKimlar ramazon ro‘zasini tutmaslikka uzrli sanaladi va uzrlar qaysilar?

JavobRo‘za tutish ramazon oyida farz bo‘lsa-da, bir necha uzrlar sababli uni keyingi oylarda qazo qilib tutib berish mumkin. Kasallik, homiladorlik, emiziklilik, keksalik, hayz, nifos va safar ana shunday uzrlardandir.

Dardining og‘irlashishidan yo tuzalishining kechikishidan qo‘rqqan kasal ramazon oyida ro‘za tutmay, so‘ng qazo qilib tutib berishi joiz. Homilador va emizikli ayollar ham ro‘za tutishlarida o‘zlariga yo farzandlariga ziyon borligidan xavf etsalar, uni keyinga qoldirishlari mumkin.

Keksalik tufayli ro‘za tutishga ojiz chol yo kampir har kuni ramazon ro‘zasi uchun miskinga sadaqai fitr miqdorida fidya berishi lozim. Ammo ular keyinchalik quvvatga kirib ro‘za tutishga yarasalar, fidya bergan bo‘lsalar-da, qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradilar.

Hayz yo nifosdagi ayol toza bo‘lgunicha ro‘za tutishi mumkin emas. Toza bo‘lganidan so‘ng ramazon oyida qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradi.

Safardagi kishi ro‘za tutishda mashaqqat bo‘lish va bo‘lmasligidan qat'iy nazar ro‘za tutmasligi mumkin. Agar safarda ro‘za tutmasa, albatta qazosini tutadi. Qoldirgan ro‘zalar qazosi istalsa, ketma-ket yo bo‘lib-bo‘lib tutib beriladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.