background
logotype
image1 image2 image3

E'tikof qanday amal va qay tartibda bajariladi?

Savol: E'tikof qanday amal va qay tartibda bajariladi?

Javob: E'tikof Qur'oni karim va sunnati nabaviya bilan sobit bo‘lgan shar'iy amaldir. Rasululloh (s.a.v.) e'tikofni vafot qilgunlaricha aslo tark etmaganlar.

Ulamolarimiz bu amalga shunday o‘xshatish qiladilar: e'tikofdagi kishi ulug‘ martabali kishiga hojati tushib «ishimni bitirib bermaguningizcha eshigingizdan jilmayman» deb turib olgan hojatmand kishiga o‘xshaydi. Mo‘'takif (e'tikof o‘tiruvchi) ham masjidda o‘tirib «gunohimni kechmaguningcha jilmayman» deb Allohga iltijo qiluvchi kishidir.

Imom Abu Hanifa (r.a.) e'tikofning eng oz miqdori bir kun desalar, imom Abu Yusuf (r.a.) bir soat o‘tirilsa ham e'tikof hosil bo‘ladi, deganlar.

Ayollar o‘z uylarida namoz o‘qish uchun ajratilgan joyda e'tikof o‘tiradilar.

Mo‘'takif masjiddan faqat tabiiy hojatlarini ushatish, tahorat, g‘usl va juma namoziga (bevosita uning vaqtida yo unga ulgura oladigan vaqtda) borish uchun chiqadi. Hojatini ushatgach, bir soat masjidga kirmay ushlanib qolsa, e'tikofi buziladi. Mo‘'takif masjidda uxlaydi, ovqatlanadi, faqat xayrli so‘zlarni so‘zlaydi. O‘z hojatiga zarur narsalarni savdo qilishi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.