E'tikof qanday ado etiladi?
Savol: E'tikof qanday ado etiladi?
Javob: Junubdan pok, balog‘atga yetgan va oqil musulmonning ibodat niyatida ma'lum vaqt masjidda o‘tirishi e'tikofdir. Ayollarning e'tikofi o‘z uylarida, doimiy namoz o‘qiydigan joylarida bo‘ladi. E'tikofda o‘tirgan ayol hayz va nifosdan pok bo‘lishi kerak.
E'tikof vojib, sunnati muakkada kifoya (ba'zilarning bajarishi bilan qolganlardan soqit bo‘ladi) va mustahab kabi turlarga bo‘linadi.
Kim tili bilan e'tikof o‘tirishni nazr qilsa, u vojib bo‘ladi. Vojib e'tikof uchun ro‘za ham shartdir. Ya'ni, o‘ziga e'tikof nazr qilgan kishi e'tikofda ro‘za tutib o‘tirishi kerak. Vojib e'tikofning eng oz muddati bir kun. Bir kun e'tikofda bo‘lishni o‘ziga nazr qilgan kishi tong otmasdan masjidga kirishi va quyosh botguncha unda bo‘lishi lozim. E'tikofdagi kishi tabiiy hojatidan va o‘tirgan masjidida juma o‘qilmasa, juma namozini o‘qishdan boshqa maqsadda masjiddan chiqmaydi. U masjidda uxlaydi, ovqatlanadi. Mutolaa qilib o‘tiradi. Gaplashsa, faqat yaxshi gaplarni gapiradi.
Ramazon oyining oxirgi o‘n kunida e'tikof o‘tirish sunnati muakkada kifoyadir. Bundan boshqa vaqtda e'tikof o‘tirish mustahab bo‘ladi.
Mustahab e'tikof uchun ro‘za shart emas. Uning eng oz muddati bir soatdir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.