background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zan ro‘zaligim esdan chiqib biror narsa yeb yoki ichib qo‘ysam, ro‘zam ochiladimi?

SavolBa'zan ro‘zaligim esdan chiqib biror narsa yeb yoki ichib qo‘ysamro‘zam ochiladimi?

JavobRo‘zani buzuvchi narsalar uch holdan birida sodir bo‘lishi mumkin: esdan chiqarish yo xato oqibatida yoxud qasddan.

Ro‘za tutganligi yodida bo‘lmay, yeb-ichib qo‘ygan yoki uni buzadigan amalga qo‘l urgan kishining ro‘zasi buzilmaydi. Ro‘zadorligi esiga tushgandan so‘ng ro‘zani buzuvchi narsani (masalan, yeb-ichishni) davom ettirmasa bo‘ldi. Agar davom ettirsa, ro‘zasi buziladi va qazo lozim bo‘ladi.

Ro‘zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganda og‘iz chayishda suv tomog‘iga ketib qolsa yoxud quyosh botmagan holda botdi, degan o‘yda ro‘zani ochib qo‘ysa, ro‘zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog‘i kerak.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.