background
logotype
image1 image2 image3

Ayrim kishilarga ro‘za tutmaslikka ijozat berilgan ekan. Ular kimlar?

Savol: Ayrim kishilarga ro‘za tutmaslikka ijozat berilgan ekan. Ular kimlar?

Javob: Ro‘za - Islomning besh arkonlaridan biri. U shundayin ulug‘ ibodatki, Rasululloh (s.a.v.) : «Agar ummatim Ramazon xislatini bilganida edi, yilning hammasi Ramazon bo‘lishini orzu qilar edi», deganlar.

Inson kasalligining kuchayishi yo tuzalishining kechikishidan qo‘rqsa, safarda bo‘lsa, homilador yo emizikli holda o‘zi yo go‘dakka ziyon yetishidan xavf qilsa ro‘za tutmasligi mumkin. Bu kishilar ro‘za tutishga mone' bo‘lgan sabab ketganidan so‘ng qoldirgan kunlarining qazosini tutib berishadi.

Qarib holdan toygan kishilar va tuzalmaydigan og‘ir bemorlar ro‘za tuta olmasalar, har kungi ro‘za uchun ikki kilo bug‘doy yoki uning miqdorida kambag‘allarga fidya beradilar. Bordiyu so‘ngra quvvatga kirib yoki tuzalib qolsalar, qazo tutib berishlari lozim.

Kunduzi o‘smir balog‘atga yetsa, ayol hayz va nifosdan toza bo‘lsa, kasal sog‘aysa, musofir yurtiga (uyiga) kelsa, kishi adashib yoki qasddan taom yeb qo‘ysa, bularning barchasi shu kun oxirigacha hech narsa yeb-ichmasligi kerak.

Ro‘za tutishni niyat qilgandan so‘ng bir necha kun behush yoki jinni bo‘lgan kishi mazkur kasallik yetgan kundan qolgan kunlarni qazo qiladi.

Bir oy komil Ramazon sharifda jinnilik holatida bo‘lgan kishidan ro‘za soqit bo‘ladi. Agar mazkur davrda behush bo‘lsa unga qazo lozimdir. Hayz va nifosdagi ayollar ro‘za tutmaydilar. Toza bo‘lganlaridan so‘ng qazosini tutib beradilar. Ramazonda ro‘zador kishi qasddan yeb-ichsa yoki jimo' qilsa kuniga bir kundan qazosini tutib beradi va jinoyati uchun kafforot (evaz to‘lash) vojib bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.