background
logotype
image1 image2 image3

urbonlikka qanday hayvonlar yaraydi-yu, qandaylari nojoiz?

Savol: Qurbonlikka qanday hayvonlar yaraydi-yu, qandaylari nojoiz?

Javob: Qurbonlik uchun besh yoshga to‘lgan tuya, ikki yoshga to‘lgan qoramol, olti oyga to‘lgan qo‘y, bir yoshli echki yaraydi.

Qurbonlik niyatida tovuq, kurka kabilarni so‘yish makruhdir.

Tuya va qoramollarni yetti kishi yo bundan kam kishi birlashib qurbonlikka so‘yishlari joiz. Ammo ulardan birining niyati go‘sht olish bo‘lsa, barchalarining qurbonligi bekor bo‘ladi. Zero, qurbonlikning rukni go‘sht olish emas, mol so‘yishdir. Yetti kishi bir bo‘lib so‘ygan qurbonlik go‘shtini kilolab tortib, teng taqsimlab olishlari lozim bo‘ladi.

Ko‘zi ko‘r, qulog‘i, shoxi, dumining uchdan bir qismidan ko‘pi kesib tashlangan hayvonlar qurbonlikka yaramaydi. Qurbonlikka so‘yilgan hayvonning terisini qassobga xizmat haqi sifatida berish mumkin emas.

Qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lgan kishi qurbonlikni vaqtida so‘ymasa, keyin uning qiymatini sadaqa qilishi vojibdir.

So‘yilgan qurbonlikning uchdan birini sadaqa qilish, uchdan birini yedirish, uchdan birini keyin yeyishga olib qo‘yish mustahab.

Serfarzand bo‘lsa, hammasini o‘z farzandlari uchun qoldirishi mustahabdir.

Qurbonlik qiluvchi so‘yishni bilsa, o‘zi so‘yadi, bilmasa, birovga buyurib, o‘zi uning oldida turadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.