background
logotype
image1 image2 image3

Qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lmagan kishi qurbonlik qilsa bo‘ladimi?

Savol: Qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lmagan kishi qurbonlik qilsa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday niyatda qurbonlik qilishi kerak?

Javob: Ha, qurbonlik so‘yishi vojib bo‘lmagan kishi qurbonlik qilishi mumkin. Ammo qurbonlikka so‘yiladigan hayvonni vojib qurbonlik niyatida emas, sunnat qurbonlik niyatida sotib olishi kerak bo‘ladi. Agar uni vojib qurbonlik niyatida sotib olsa, nazr qilingan mol kabi go‘shtidan o‘zi va boylar yeyishi mumkin emas. Uni kambag‘allarga sadaqa qilishi lozim («Radd-ul muxtor»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.