background
logotype
image1 image2 image3

Hayvon so‘yishda lozim bo‘lgan shartlar qaysilar?

Savol: Hayvon so‘yishda lozim bo‘lgan shartlar qaysilar

JavobSo‘yishda lozim bo‘lgan shartlar shulardir:

1-So‘ygan kishining musulmon yoki kitob ahli (yahudiy yoki xristian) bo‘lishi, musulmonning xotin yoki erkak, kitob ahlining zimmiy yoki harbiy bo‘lishining farqi yo‘q;

2-«Bismilloh» aytilgan bo‘lishi. «Bismilloh» qasddan tark qilinsa so‘yilgan hayvonning go‘shti yeyilmaydi. Lekin unutilib yoki shart ekanligini bilmasdan tark qilinsa yeyiladi. So‘ygan musulmon bo‘lsa ham, kitob ahli bo‘lsa ham hukm bir xildir.

Z-Bo‘ynidagi kesilishi kerak bo‘lgan tomirlarning kesilgan bo‘lishi. Bo‘yinda ovqat quvuri, havo quvuri va ikki shohtomir bo‘lib, to‘rt tomir bor. Imomi A'zamga ko‘ra kamida uchtasini (ovqat va havo quvurlari bilan shoh tomirlardan birini yoki ikki shohtomir bilan havo yoki ovqat quvurlaridan birini) kesish kerak. Abu Yusufga ko‘ra ovqat quvuri bilan havo quvurini va shohtomirlardan birining kesilishi shartdir. Biroq bu shart ixtiyoriy so‘yilishda bordir; iztiroriy (So‘yiladigan bir hayvonni so‘yishdan ojiz qolgan holatda, duch kelgan joyiga biror jarohat yetkazib, qonini to‘kib o‘ldirishga aytiladi. Quduqqa tushib ketgan va chiqarishning imkoni bo‘lmagan, qochib ketib tutqich bermaydigan yoki tajovuzkor hayvonlarning so‘yilishi shu turga kiradi) so‘yishda o‘ldiruvchining jarohat yetkazishi kifoya.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.