background
logotype
image1 image2 image3

Bir hayvonning (jonliqning) qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan qusurlar qaysilar?

SavolBir hayvonning (jonliqning) qurbonlik qilinishiga to‘sibo‘lgan qusurlar qaysilardir?

JavobBir hayvonning qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan kamchiliklarning asosiylari shulardir:

1. Kasalligi aniq oshkor bo‘lsa;

2. Suyaklari mag‘zida ilik qolmaydigan darajada ozg‘in bo‘lsa;

3. Ikki yoki bir ko‘zi ko‘r bo‘lsa;

4. Oqsayotgan oyog‘ini yerga bosib, qurbonlik qilinadigan joyga borolmaydigan darajada cho‘loq bo‘lsa;

5. Tishlarining ko‘pi to‘kilgan bo‘lsa;

6. Qulog‘ining yoki dumining yarmidan ko‘pi uzilgan yoki kesilgan bo‘lsa;

7. Shoxlaridan biri yoki ikkisi tomiri bilan kesilgan bo‘lsa;

8. Qo‘yning bir, qoramolning ikki yelinining uchi uzilgan bo‘lsa;

9. Dumi yoki qulog‘i tug‘ilgan paytidanoq bo‘lmagan bo‘lsa;

10. Burni kesilgan bo‘lsa;

11. Faqat axlat yegan bo‘lsa ;

12. Tilining ko‘p qismi kesilgan bo‘lsa.

Lekin qurbonlik hayvonining g‘ilay, qo‘tir yoki jinni bo‘lishida, quloqlarining teshilgan yoki yorilgan yoki uchidan kesilib osilib yotgan holatda bo‘lishida, jinsiy olatlarining yo‘qligida yoki bichilgan holda bo‘lganligida zarar yo‘qdir .

Qurbonlik hayvonda mavjud bo‘lishi makruh sanalgan asosiy qusurlar esa quyidagilardir:

1. Qarilik sababi bilan sutdan yoki tug‘ishdan qolgan bo‘lsa;

2. Qulog‘i yorilgan yoki teshilgan bo‘lsa;

3. Yangi tug‘ilgan bo‘lsa;

4. Bo‘g‘oz (tug‘ishi yaqin qolgan) bo‘lsa.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.