background
logotype
image1 image2 image3

Qur'on oyatlari ma'nosini bilmasdan yodlasa bo‘ladimi?

Savol: Qur'on oyatlari ma'nosini bilmasdan yodlasa bo‘ladimi?

Javob: Bo‘ladi. Chunki yodlashga kirishayotganlar ko‘pincha yosh bolalar bo‘lib, ularga oyat ma'nolarini anglatish ancha mushkul. Biroq Qur'on tajvidini mukammal o‘rgatmoq lozim. Chunki tajvidsiz Qur'on o‘qish gunoh. Bundan tashqari, arabcha talaffuzga yoshlikda tilni yaxshi o‘rgatib olish kerak. Yosh ulg‘aygach, har qancha urinsa ham harflarni maxrajidan chiqarish qiyin bo‘ladi.

Qur'on yodlatuvchi ustoz talabalarga ilm o‘rganish farz amali ekanini, Qur'on ma'nolarini bilib, hayotda unga amal qilish zarurligini tinimsiz uqtirib bormog‘i lozim.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.