background
logotype
image1 image2 image3

Hofizi Qur'on va homili Qur'on o‘rtasida qanday farq bor?

Savol: Hofizi Qur'on va homili Qur'on o‘rtasida qanday farq bor?

Javob: Xalq orasida «Qur'onni yodlagan» va «Qur'onni ko‘targan» iboralari bir xil, ya'ni, «Qur'onni kitobga qaramasdan yoddan o‘qiy oladi», degan ma'noda qo‘llanadi. Ammo hadis istilohida va salafi solihinlar so‘zlarida yodlagan (hofiz) bilan ko‘targan (homil) o‘rtasida katta farq bor. Ular hofiz deb Qur'on oyatlarini yoddan o‘qiguvchini aytsalar, homil deb Qur'onni yoddan o‘qish bilan birga, ma'nolarini tushunib, uni hayotiga tatbiq etgan, unga amal qilgan kishini nazarda tutadilar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.