background
logotype
image1 image2 image3

Tayammum kimlarga joiz?

Savol: Qanday vaziyatlarda tahorat va g‘usl o‘rniga tayammum qilishga ijozat berilgan?

JavobMujtahid olimlar oyati karima va tayammum haqida vorid bo‘lgan hadisi shariflardan quyidagi masalalarni istinbot qilib, kimga, qaysi hollarda tayammum qilish mumkinligini bayon etib berishgan.

Shularga ko‘ra:

- shahardan chiqib, to‘rt chaqirim uzoqlikkacha suv yo‘q joyda qolgan kishiga;

- cho‘lda bo‘lib, o‘zidagi suvni tahoratga sarflasa, o‘zi yoki ulovi tashna qolishidan xavfsiragan kishiga;

- suv ishlatsa, uni ishlatgani yoki harakati tufayli kasalligi kuchayishidan yoxud sog‘ayishi kechikishidan qo‘rqqan kishiga;

- yirtqich hayvon yoki dushman xavfi sababidan suvga yetisha olmagan kishiga;

- tahorat olgunicha janoza namoziga (mayyit egasidan boshqa kishilar) va ikki iyd namoziga ulgurishga ko‘zi yetmagan kishiga;

- suv bo‘lsa-yu, uni sotib olishga puli yo‘q yoki suv ikki barobar qimmatiga sotilgan paytdagi kishiga tayammum qilish joiz bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.