background
logotype
image1 image2 image3

Quduq suvi qay yo‘l bilan poklanadi?

Savol: Biz quduqdan suv ichamiz. Ba'zan unga tezak kabi iflos narsalar tushib ketadi. Uni poklash uchun qanday yo‘l tutamiz?

Javob: Agar quduqqa siydik, tezak kabi najasot tushsa yoki hayvon yo odam kabilar tushib o‘lsa, u quduqning hamma suvi imkoniyati bo‘lsa, olib tashlanadi. Agar buning iloji bo‘lmasa, quduqdagi suv miqdorini biluvchi kishining so‘ziga binoan, u aytgancha suv olib tashlanadi.

Agar quduqqa kattaligi chumchuqday jonzot tushib o‘lsa, 20-30 chelak, tovuqday hayvon tushib o‘lsa (u shishmagan va chirimagan bo‘lsa), 40-60 chelak suv chiqarib to‘kiladi. Agar hayvon shishgan va chirigan bo‘lsa, quduqning barcha suvi harom bo‘ladi, uni batamom chiqarib tashlash kerak.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.