background
logotype
image1 image2 image3

Peshob (siydik)dan poklanmaslikning gunohi qanday bo‘ladi?

Savol: Peshob (siydik)dan poklanmaslikning gunohi qanday bo‘ladi?

Javob: Ko‘p hollarda kishilar ko‘zga ilinmas iflosliklardan saqlanmaydilar, beparvo bo‘ladilar. Peshob ana shunday iflosliklardan biri. Peshobdan tozalanish istibro deyiladi. Istibro shuning uchun zarurki, tabiatan peshob butunlay chiqib ketmaydi, balki peshob  yo‘lida bir necha tomchisi qolib ketadi. Peshob tahoratdan so‘ng chiqsa tahoratni sindiradi va kiyimni ham bulg‘aydi.

Peshobdan poklanish uchun erkaklar peshob yo‘liga kesak tutib bir necha bor silkinishlari, yo‘talishlari va oyoqlarini chalkashtirishlari kerak. Ana shunda peshob butunlay chiqib tugaydi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ikki qabrga ishora etib, ulardagi mayyitlar azoblanayotganini, ulardan birining azoblanish boisi peshobdan poklanmagani bo‘lsa, ikkinchisining azobga giriftor bo‘lish sababi chaqimchilik ekanligini sahobai kiromlarga tushuntirganlar.

Va yana Rasuli akram (s.a.v.) ularga shunday marhamat etdilar: «O‘zingizni pok tuting! Peshobdan saqlaning! Negaki qabr azobining ko‘pi shuning orqasidan bo‘ladi». (Imom Doriqutniy rivoyati).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.