background
logotype
image1 image2 image3

Najas nima?

Savol: Yaqinda namoz kitobida "najas" de gan so‘zga duch keldim. Najas nima degani?

Javob: Najas - insonlar va hayvonlar axlati, siydigi, qoni kabi iflosliklardir. Najaslar ikki xil - yengil najas va og‘ir najas bo‘ladi. Mol, qo‘y kabi go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydiklari, qarg‘a, qirg‘iy kabi go‘shti yeyilmaydigan qushlarning tezaklari yengil najasdir. Bulardan tashqari barcha najaslar og‘ir najas hisoblanadi. Kaklik, bedanaga o‘xshash go‘shti yeyiladigan qushlarning tezakla-ri pok bo‘lsa-da (kiyimga tegsa, harom qilmasa-da), ammo tovuq, g‘oz, o‘rdak kabi uy parrandalarining go‘shti pok bo‘lishiga qaramay, tezaklari og‘ir najasdir.

Ot va go‘shti yeyiladigan hayvonlarning tezagi, insonning va go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning siydigi va tezagi og‘ir najas hisoblanadi. It va yirtqich hayvonlarning siydigi, tezagidan tashqari so‘lagi hamda qon, aroq ham og‘ir najasotdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.