background
logotype
image1 image2 image3

Hojatxona odoblari qaysilar?

SavolXalo joyda o‘tirishning ham odoblari bor ekanUlar qaysilar?

JavobXaloga chap oyoq bilan kirib, o‘ng oyoq bilan chiqish kerak. Xaloda chap yonni qibla tarafga qilib, og‘iz va burunni yeng bilan berkitib, avrat va iflos joylarga nazar qilmay, chap oyoqqa og‘irlikni solib o‘tiriladi. Xaloga Alloh taolo va Uning rasullari ismlari, oyat, hadis va masalalar bitilgan kitob yoki qog‘oz va shu kabi narsalarni olib kirish yaramaydi.

Xaloda yalang‘och va boshyalang o‘tirish, avratni hojatdan ziyod yalang‘ochlash makruhdir. Balg‘am va burun suvlarini iflosga tashlamaslik kerak. Xaloda yozib-chizish, gapirish odobsizlik hisoblanadi. Hojat chiqarilgach, chap qo‘l yordamida kesak, tosh, maxsus chiqarilgan xalo qog‘ozi, eski latta yoki eski paxta bilan tozalaniladi. Ammo unda suyak, qirrali tosh, yangi mato va yangi paxta, tezak, pishiq g‘isht, sopol, taxta va o‘t-o‘lan ishlatilmaydi.

Qabriston, yo‘llar, daraxtlar osti, suv, ariqlar labi, axlatxonalar, kovak va yoriqlarga hojat chiqarmaslik kerak.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.