background
logotype
image1 image2 image3

Hojatxona odoblari nima?

Savol: Hojatxonada tozalanib-poklanish ning qanday tartiblari bor? Agar iloji bo‘lsa, shu haqda ham ma'lumot bersanglar.

Javob: Hojatxonada old va orqadan kelgan najasotdan poklanish uchun kesak, tosh, tuproq, keraksiz latta va shu ish uchun maxsus chiqarilgan narsalardan foydalanib tozalanish va istibro qilish sunnat hisoblanadi. Ular bilan yaxshilab tozalangandan keyin suv bilan yuvish mustahabdir. Agar avratning bir tanga miqdoridan ortiqroq yeriga najas yoyilgan bo‘lsa, suv bilan tozalash (istinjo) vojib bo‘ladi.

Istibro va istinjo o‘ng qo‘l bilan qilinmaydi, istibro uchun tezak, suyak kabilar ishlatilmaydi. Hojatxonada qiblaga qarab yoki orqa qilib o‘tirilmaydi.

Muhim eslatma: musulmon erkakning oyoqda (tikka turib) peshob qilishi musulmon odobiga zid bo‘lib, ust-boshga sachrashiga yo qolib ketgan tomchining kiyimga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Peshobdan saqlanmagan bunday kishining qabr azobiga duchor bo‘lishi hadisi sharifda bildirilgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.