background
logotype
image1 image2 image3

G‘usl hisobga o‘tishi uchun qaysi tartibda olinishini kerak?

Savol: G‘uslni lozim qiladigan holatlarni bilaman, ammo g‘usl hisobga o‘tishi uchun qaysi tartibda olinishini yaxshi bilmayman. Shu haqda ma'lumot berolmaysizlarmi?

Javob: Islom tom ma'noda poklik dinidir. U insonning botini va zohirining pokligiga birday e'tibor beradi. Poklikni imonning teng yarmi deb qayd etib, iflosliklardan tozalanishni barcha mo‘minlarga farz qilgan. Ig‘vo, hasad, tuhmat, yolg‘onchilik, fitna, g‘iybat kabi ichki (botiniy) iflosliklardan poklanishning sharti tavbai nasux (gunohga aslo qaytmaslikka jazm) bo‘lsa, tashqi (zohiriy) iflosliklardan poklanish g‘usl (cho‘milish) bilan bo‘ladi. Uzrli hollarda tayammum ham g‘usl o‘rniga o‘tadi.

Besh holdan so‘ng:

1) jinsiy aloqa; 2) shahvat bilan maniy (urug‘) chiqishi; 3) ehtilom (uyquda bulg‘anish); 4) hayz va 5) nifosdan so‘ng g‘usl qilish farzdir.

Juma, arafa hamda ikki hayit uchun, shuningdek, haj yo umraga ehrom bog‘lash oldidan g‘usl qilish sunnatdir («Majmaul fatovo»).

G‘usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G‘uslning uch farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas («Hidoya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.