background
logotype
image1 image2 image3

Ehtilom nima?

SavolFiqh kitoblarida «ehtilom» degan so‘zni ko‘p uchrataman-uma'nosini bilmaymanUnimani bildiradi?

JavobEr tushida ayol bilan, ayol tushida erkak bilan bo‘lib, ko‘p holda jinsiy a'zolaridan namlik chiqishi ehtilom, deyiladi.

Ehtilom o‘spirin bola va qizning balog‘atga yetgani alomatidir. Ehtilom paytida nam chiqsa, g‘usl qilish vojib bo‘ladi. Ehtilom bo‘lsa-yu, kiyimida ham, zakarida ham asari bo‘lmasa, g‘usl vojib bo‘lmaydi.

Ehtilom bo‘lish gunoh hisoblanmaydi. Qandaydir ayol bilan qo‘shilganini tushida ko‘rgan kishiga gunoh emas. Zero, uyqudagi odam mas'ul emas. Ammo bu holi uning nafsini pok emasligini ko‘rsatadi. Binobarin, Alloh taolodan panoh so‘rab, shaytonning yomonligidan saqlansin. Bu tur ehtilom bo‘lish shaytondandir. Ammo hamma vaqt ham ehtilom shaytondan bo‘lavermaydi. Inson issiq ta'siridan ham ehtilom bo‘lishi mumkin. Agar chalqancha yotsa va tagida jun bo‘lsa, qizib ehtilom bo‘ladi. Shuningdek, goho qish kunlari sovqotib uxlaganida ham ehtilom bo‘ladi.

Goho ehtilom bo‘lgan kishi uyqusida shahvatini qo‘zg‘atuvchi narsani ko‘rmasa ham, namlik chiqadi. Bunday ehtilom pok mo‘minlarning ehtilomidir.

Alloh taolo payg‘ambarlarni ehtilom bo‘lishdan saqlagan. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu shunday deydilar: «Hech bir nabiy aslo ehtilom bo‘lgan emas. Zero, ehtilom shaytondandir».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.