Qayn urug‘lar bilan munosabat
Savol: Islom shariati xotin yoki er bilan qayn urug‘lar o‘rtasidagi munosabatlarning qanday bo‘lishini talab etadi?
Javob: "Qayn urug‘" deganda erning otasi, akasi, amakisi va amakivachchasi hamda xotinning onasi, opa-singillari, amma-xolasi ko‘zda tutiladi.
Imom Buxoriy, Muslim va Termiziy Uqba ibn Omir roziyallohu anhudai rivoyat qiladilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ayollar oldiga kirishdan saqlaning!" dedilar. Shunda ansoriy bir kishi: "Qayni haqida nima deysiz?" deb so‘radi. Unga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qayni o‘limdir", deb javob qildilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar oldiga agar yonida mahrami, qarindoshi bo‘lmasa yo zarurat bo‘lmasa, kirish va borishdan qaytarganlar. Chunki bunda buzuqlik va yomonliklar kelib chiqishi ehtimoli bor. Ansoriy bir kishining qaynlar, ya'ni erining qarindoshlari haqidagi savoliga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qayni o‘limdir", deb lo‘nda va keskin javob qildilar. Buning ma'nosi, Ibnul Amr "Nihoya" nomli kitobda yozganlaridek, "Ayol o‘laqolsin, aslo bunday qilmasin", deganidir. Qayni kelin oldiga yonida eri bo‘lmaganida kirsa, er-xotin munosabatlari buzilishi mumkin. Chunki er o‘zi bilan xotini o‘rtasidagi sirlaridan bironta qarindoshining ham ogoh bo‘lishini istamaydi.
Erning erkak qarindoshlarining kelin bilan munosabati shariat doirasida, komil ehtiyotkorlik va to‘la hushyorlik bilan bo‘lishi lozim. Xotinning ayol qarindoshlarining kuyov bilan munosabatlari ham shu kabidir.
Akaning xotini yo xotinning singlisi va shunga o‘xshaganlar bir-birlariga mahram emas. Kishi ular bilan tortinmay, erkin muomala qilishi nojoiz. Ayolga ham shunday. Ular bir-birlariga begona, o‘rtalarida mahramlik mutlaqo yo‘q. Ular shu hukmdan kelib chiqib muomala qilishlari lozim. Aks holda oqibat xatarli bo‘ladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.