Oilaning boshlig‘i kim?
Savol: Sir emaski, ko'pgina oilalarda oila boshlig'i erkaklar bo'lib kelgan. Ammo keyingi paytlarda ana shu tartib buzilayotganga o'xshaydi. Shariatimiz bu masalaga qanday qaraydi?
Javob: Er xotining o'zining bir juz'i ekanini unutmasligi kerak. Rum surasining 21-oyati mazmuni shunday: «Uning oyatlaridan (yana biri) - U zot sizlar hamdam bo'lishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi va o'rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir». Inson o'z juz'iga qo'pollik qiladimi?
Alloh taolo mazlumlarning homiyidir. U zolimlarni do'st tutmaydi. Buni xotinining qarindoshlari va madadkori yo'qligidan unga to'la hukmron bo'lgan erkakunutmasin!
iz navbatida xotin ham erini hurmat qilishi, erining o'zidan ustunligini e'tirof etishi kerak. Zero, er xotinning himoyachisi, uning sharafini, nomusini va hurmatini saqlaguvchidir. Er xotinning otasidan keyingi homiyidir. Umrining ko'p qismi eri bilan o'tadi.
Xotin tenglik va huquq haqida yolg'on fikrlarni uqtiruvchi, oila mohiyatini buzish, nizomini izdan chiqarish, birligini tarqatish uchun uni otaga va erga qarshi chiqishga undovchi buzg'unchilarning yolg'oniga og'masligi kerak.
Er-xotin Alloh taolodan qo'rqsinlar, Baqara surasi 237-oyatining ma'nosini doimo yodda tutsinlar: «Oralaringizda marhamat ko'rsatishni unutmang!».
Er-xotin o'rtasidagi o'zaro huquq vv mas'uliyatlarni yoritishdan oldin ijtimoiy oshkor haqiqatni, voqeiylikni anglovchi har bir oqil to'g'riligida tortishmaydigan bir haqiqatni bayon etish lozim. Bu erkaklarni ayollarga nisbatan Alloh taolo ko'targan darajadir. Baqara surasining 228-oyati mazmuni shunday: «Ayollar zimmalaridagi mas'uliyatlariga teng, inkor etilmas huquqqa egalar. Va erkaklarning ayollarga nisbatan darajasi bor».
Bu daraja boshqarish va yo'naltirish martabasidir. Alloh taolo boshqarish hukmini erkaklar qo'liga bergan. Niso surasining 34-oyati mazmuni shunday: «Erkaklar ayollarga homiydir. Buning boisi Alloh taolo erkaklarni ayollardan fazilatli qilgani va erkaklarning mollaridan nafaqa berishlaridir».
Erkak ayoldan aqlan, jisman, idrokan kuchlidir. Bunda shubha yo'q. Erkaklarning ayollardan ortiqcha fazilati hech bir aqlli insonga pinhon emas.
Baqara surasidagi 228-oyat erning xotin oldidagi huquqi xotinning er oldidagi huquqidan katta va mas'uliyatliroq ekanini anglatadi. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Agar men bir kishini ikkinchi kishiga sajda qilishga buyuradigan bo'lganimda, erning xotin zimmasida haqqi ko'p bo'lganidan, xotinni eriga sajda qilishga buyurardim», deb marhamat qilganlar.
Bu hurmat qilish, zimmaga olish va javobgarlik darajasidir. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadilar: «Daraja erkaklarni ayollar bilan yaxshi muomala qilishga, ayollarga keng bag'rli va ochiq qo'lli bo'lishga undaydi». Ortiq darajali inson o'ziga mashaqqatni olishi lozim bo'ladi.
Niso surasining 34-oyat mazmuni «Erkaklar ayollarga homiydir» ma'nosi bu homiylik ayollarga ta'lim-tarbiya berish, ularni moliyaviy ta'minlash, himoya qilish va ularga g'amxo'rlik qilish bilan bo'ladi.
Ayol eriga itoat qilishi, uning topshiriqlarini, agar ular Alloh amriga zid bo'lmasa, bajarishi lozim. Ammo er topshiriqlari Alloh amrlariga zid bo'lsa, uni bajarmasligi kerak. Zero, Xoliqqa gunohkor bo'lib, maxluqqa itoat etilmaydi.
Lekin erkaklarning ayollardan afzalligini, ba'zi fahm-farosatsiz johillar o'ylaganidek, er ayol ustidan hukm qiluvchi hokim, unga istagan narsasini yuklaydi va xohlaganini buyuradi, ayolning yo'q, deyishga, erining buyrug'iga qarshi chiqishga haqqi yo'q, chunki u xato qilsa ham, zolim va qo'pol bo'lsa ham, «erdir», deb tushunmoq durust bo'lmaydi. Bunday tushunish bag'oyat katta jaholatdir, Alloh shariatiga ziddir.
Ba'zi insonlar ba'zilarini, xususan, ayollarni qul qilsin va xorlasin uchun emas, balki rahm qilsin, yordam bersin, ishlarini to'g'rilasin, yaxshilik qilsin, hurmat qilsin uchun Alloh taolo ularning ba'zilarini ba'zilaridan fazilatli qilgandir.
Xotinlarini qulni kaltaklagandek kaltaklaguvchilar erkak ham, yaxshi kishi ham emas. Xotinlariga ozor beruvchilar, ularni xorlovchilar va kamsituvchilar, ularga qo'pollik qiluvchilar qalblaridan mehr ayrilgan kishilardir. Ular juda ham yomon erkaklardir. Musulmon erlar uchun juda xunuk misoldir.
Haqiqiy ma'nodagi er xotini bilan yaxshi munosabatda bo'ladi, unga javobgarlikni sadoqat va ixlos bilan ado etadi. Uning holatini yaxshilaydi, buzmaydi. Unga yaxshilik qiladi, yomonlik qilmaydi. Uni yaxshi ishlarga boshlaydi, yaxshi ishlardan qaytarmaydi. Xotini xato qilsa, nasihat bilan unga shafqat ko'rsatadi, qo'pollik qilmaydi. Unga mehr va iltifot ko'rsatadi. Tundlik va manmanlik qilmaydi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.