background
logotype
image1 image2 image3

Unashtirilganda berilgan mollar mahrga o‘tadimi?

SavolUnashtirilganda berilgan mollar mahrga o‘tadimi?

JavobAgar ular hadya va boshqa maqsadlar niyatida berilmay, mahr, deb atalsa, mahr o‘rniga o‘tadi. Unashtirilgandan so‘ng ikki tomon kelisholmay, nikoh aqdi qilinmasa, kuyov kelin tomonga mahr o‘rniga bergan barcha mollarni qaytarib oladi.

Nikoh marosimida o‘zgalarning kuyovdan oladigan pul-mollari haromdir. Chunki bu rishvat hukmidadir. Shuningdek, hadya sifatida bergan mollari ham, agar ular turgan bo‘lsa, qaytariladi («Raddul muxtor»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.