background
logotype
image1 image2 image3

Uch taloqqa yo‘l bormi?

Savol: Uch taloq qilingan xotinni eriga qaytadan nikohlab bo'lmaydi, deb eshitgan edim. Ammo ayrim joylarda turli tomonlarni hisobga olib, bunga «yo'l topib» berilganini aytib qolishdi. Umuman, uch taloq bo'lgan ayolni eriga qayta nikohlash joizmi?

Javob: Katta boin (uch taloq) taloq qilingan xotin boshqa erga tegib, u bilan birga yashab, shar'iy sabablar tufayli ajralganidan so'nggina birinchi eri bilan qayta nikohlanishi mumkin. Baqara surasining 230-oyati mazmuni shunday: «Agar er xotinini ikki bor taloq qilganidan so'ng uchinchi taloq qilsa, xotini unga halol bo'lmay qoladi. Faqat xotini boshqa erga tegib chiqqanidan so'nggina unga qayta uylanish halol bo'ladi». Ya'ni, hukm shu: uch taloq qilingan xotin boshqa erga tegib, u boshqa er ham taloq qilsa, iddasi o'tganidan so'ng birinchi eriga halol bo'ladi.

Uch taloq qilingan xotinni birinchi eriga halol qilish niyatida nikohga olishning hukmi haqida ulamolarning fikrlari turlicha. Ulardan biri jumhur ulamolarning so'zi bo'lib, qisqacha bunday: «Uch taloq qilingan xotinni birinchi eriga halol qilish niyatida emas, balki u bilan o'lguncha yashash niyatidagina nikohga olish lozim. Uni birinchi eriga halol qilish niyatida nikohiga olgan kishi gunohkordir».

Ba'zi kimsalar uch taloq qilingan xotinni kimgadir shakliy nikohlab beradi. U qo'shilmay turib taloq qiladi. So'ng aslida qo'shilmagan bo'lsalar-da, «qo'shildik», deb yolg'on gapirishadi. Bu qabih ishdir, ulkan gunohdir. Zero, bu ochiq va qat'iy shar'iy hukmga ziddir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.