background
logotype
image1 image2 image3

Toq o‘tish mumkinmi?

SavolBeva qolgan ayrim kishilar turmush qurishga imkoniyatlari bo‘la turibnegadir too‘tishadiBu haqda dinimizning qanday ko‘rsatmalari bor?

JavobShar'iy va tibbiy mone'lar bo‘lmagan holda toq o‘tish nojoizdir.

Faqirlarni juftlash boy musulmonlarning burchidir. Bu narsa iffatli va nomusli turmushning yagona yo‘li bo‘lib, jamiyatni axloqsizlikdan muhofaza qiladi. Qur'oni karimda shunday deyiladi: «O'z oralaringizdagi tul-bevalarni hamda qul va cho‘rilaringizning solihlarini uylantiringlar. Agar ular kambag‘al bo‘lsalar, Alloh O'z fazlu karami bilan boy-behojat qilur. Alloh (fazlu karami) keng, bilguvchidir» (Nur surasi, 32-oyat).

Bu oyati jaliladan murod Islom jamiyatida uzrsiz bo‘ydoq va bevalar bo‘lmasin, jinsiy istaklar faqat shar'iy yo‘llar bilan qondirilsin, demakdir.

Hazrat Umar (r.a.) shunday deydilar: «Uch kundan keyin o‘lishimni bilsam ham, bo‘ydoq o‘tishdan uylanmoqni afzal ko‘raman» (Suyutiy).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.