background
logotype
image1 image2 image3

Taloq hukmi kimda?

SavolBir tanishim ayollarning ham taloq qilish huquqi bor,  ammo jamiyat manfaatlaridan kelib chiqibbu ish uncha rag‘batlantirilmaydideb qoldiUning gapida asos bormi?

JavobTaloq qilish erning ixtiyorida va uning haqqidir. Er taloq qila oladi. Lekin er bu boradagi shar'iy ko‘rsatmalarga rioya etishi lozim.

Xotin ham taloq qilish ixtiyorini eri unga bersa, bu huquqqa ega bo‘la oladi. Er xotinga istagan vaqtida yo ma'lum muddatda o‘zini bir boin taloq qilish huquqini berishi mumkin. Xotin bu huquqqa ega bo‘lish shartlariga muvofiq o‘zini taloq qila oladi. Bu haqdagi tafsilotlar fiqh kitoblarida mavjud.

O'zini taloq qilishga ixtiyor ololmagan, ajralishga shar'iy asoslar bo‘la turib eri taloq qilmagan xotin istasa, qoziga murojaat etib, eridan ajratib qo‘yishini talab qilishi mumkin. Unga bu haqni beradigan sabablar fiqh kitoblarida bayon etilgan. Er-xotin o‘rtasidagi adovat, erning xotinini nafaqa bilan ta'min etolmay qolishi, uning jinsiy ojizligi va boshqa ma'lum dardlar ana shunday sabablardandir.

Keng dargohli Islom shariatidagi yengillik qo‘llanilsa, bu masalalarda hech bir qiyinchilik, zulm, adolatsizlik va adovat bo‘lmaydi. Alloh taolo har qiyinchilikka osonlik va har muammoga yechim ato etgan. Musulmonga, u erkak bo‘ladimi yo ayol, dunyoda ko‘p yaxshilikka va oxiratda ulkan ajrga yetishish uchun Allohdan qo‘rqishdan boshqa chora yo‘qdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.