Shariatimizda qaysi hollarda ayolini taloq qilishga ruxsat berilgan?
Savol: Shariatimizda qaysi hollarda ayolini taloq qilishga ruxsat berilgan?
Javob: «Taloq» so‘zi lug‘atda «biror narsani bo‘shatib qo‘yish» ma'nosini anglatadi. Shariatda esa eru xotinlik bog‘lanishini ochiq yoki kinoya iboralari («Sen taloqsan» yoki «Sen menga haromsan» kabi) bilan bo‘shatishga aytiladi.
Er-xotin nikoh bilan bog‘lanib oila quradi. Lekin fe'l-atvorlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaslik, farzand ko‘rmaslik kabi sabablar tufayli ajralishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Taloqqa ruxsat bermaslik inson tabiatiga qarshi hukmdir. Islom shariati shuning uchun ayolni qiynamaslik uchun erkakka «taloq», ayni choqda ayolga «xulu'» haqqini berdi. Ya'ni, ayol kishi eri bilan yashashni xohlamasa, qoziga ariza berib ajrab keta oladi.
Ammo taloq eng oxirgi choradir, noiloj nuqtadir. Payg‘ambar alayhissalom: «O‘zi halol-u, lekin Alloh eng yomon ko‘rgan narsa taloqdir», deganlar. Biror joyda taloq sodir bo‘lsa, Allohning arshi larzaga keladi. Demak, ayolingiz bilan g‘ijillashib qolganda, jahlingiz chiqqanda yoki sarxushlikda bo‘lar-bo‘lmasga «taloq» so‘zini tilga olish yaramaydi. Chunki mazhabimiz talabiga ko‘ra uch marta taloqdan so‘ng er-xotin nikohi butunlay ajratib yuboriladi.
Ayol uch hayz ko‘rishi miqdorida idda o‘tirgandan so‘nggina boshqa kishiga turmushga chiqishi mumkin. Taloq qilingandan keyin er ayolning iddasi chiqquncha taom, kiyim, maskan ko‘rinishida unga nafaqa qilib turadi: taloq qilingan ayol agar homilador bo‘lsa, er u to tuqqunicha nafaqa bilan ta'minlab turadi. Agar ayol taloq qilgan eridan bo‘lgan bolani emizsa, agar xohlasa, ana shu emizgani uchun haq oladi.
Alloh taolo amr qilib aytadiki, taloq qilingan ayollaringizni o‘zingiz yashab turgan maskanda yashashiga imkon yarating, ya'ni «taloq bo‘ldi», deb maskaningizdan chiqarib yubormang. Shariatimizda ajralayotgan ayolga er tomonidan sovg‘alar berish ham joriy qilingan.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.