background
logotype
image1 image2 image3

Qarindoshga uylanishning noqulay tomonlari bormi?

Savol: Qarindoshga uylanishning noqulay tomonlari bormi?

Javob: Amma, tog‘a, xola va amakilar mahram, ammo ularning farzandlari nomahram bo‘ladi. Demak, xolavachcha, amakivachchalar o‘zaro nikohlanishlari shar'an haloldir.

Ammo begonalarga qaraganda qarindoshlarga uylanishning ba'zi xavfli va noqulay tomonlari bor. Ma'lumki, farzandning sog‘lom va baquvvat tug‘ilishida er-xotinning bir-biriga mehr-muhabbatli va kuchli jinsiy istakda bo‘lishlari g‘oyat ahamiyatlidir. Zero, Payg‘ambarimiz ham erkaklarga jinsiy aloqa chog‘i shoshilmaslikni, xotinlarini qondirishga harakat qilishni tavsiya etganlar. Ba'zan shunday bo‘ladiki, amakivachchalar bir hovlida voyaga yetishadi, bir-birlarini juda yaqin his qilishadi, binobarin, ularda bir-birlariga nisbatan jinsiy mayl ba'zan umuman bo‘lmaydi. Shuningdek, qarindoshlar orasida emikdoshlik ko‘p uchraydi. Mana shu ikki jihat farzandlarning nogiron tug‘ilishiga sabablardan asosiylaridir.

Bugungi ilm-fan bolaning nuqsonli, nogiron tug‘ilishiga asosiy sabab qilib qarindoshlarga, ya'ni amakivachcha, xolavachcha, tog‘avachchalarga nikohlanishni ko‘rsatmoqda. Qon o‘xshashligi tufayli tug‘ilgan kelishmovchilik qarindoshlar orasida ko‘proq uchrashi do‘xtirlarning shunday xulosaga kelishlariga sabab bo‘lgandir. Ammo ular emikdoshlik masalasini yoddan chiqarmoqdalar. Bu xususga noxolis yondoshayotganlar Islomning fikrini ham bir o‘ylab ko‘rsalar, haqiqatga yaqinlashgan bo‘lar edilar. («Ayollar fiqhi» kitobi asosida tayyorlandi.)

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.